12+
Hikoyalar karvoni

Объем: 155 бумажных стр.

Формат: epub, fb2, pdfRead, mobi

Подробнее

Adashilgan afzallik

1995-yil. Shamsiddin 15 yoshlarda.

Shamsiddin honasida chet el ashulalarini baqirtirib qo’ygan edi. Bu ashulalar honadan ham tashqariga chiqib, uyni o’z avjiga ko’targan edi. Shamsiddinning bobosi kelib honani taqillatdi, ammo ichkaridan hech qanaqa javob qaytmadi, qaytganda ham hech nima eshitilmas edi. Bobosi eshikni ochdi va ichkariga kirdi. Honaga kirganida esa, ichkarida nevarasi shunchaki yotar edi. Shamsiddin bobosini ko’rib, tez o’rnidan turdi va ashulani eshitar-eshitmas qilib pasaytirib qo’ydi. Bobosi erkalab koyib qo’ydi, buncha bu g’alati baqiroq ashulalarni baqirtirib eshitishini. Shamsiddin esa bundan keyin o’rnidan turdi va borib umuman ashulani o’chirib tashladi. Bobosining bunaqa gapidan hijolat bo’lgani uchun shunaqa qilganini anglab turardi, ammo bobosi ketgandan so’ng yana shu ashulalariga qaytishini ichidan o’ziga-o’zi qaror qilib qo’ygandi.

— Bolam, bugun ubu rejalaring yo’qmidi mobodo? — bobosi.

— Bugun bobo, do’stlarim bilan kino ko’rmoqchimiz — Shamsiddin

— Yana o’sha o’tgan safarga o’xshagan, bizning o’zimizga to’g’ri kelmaydigan hayot tarzini ko’rsatadigan kinolarmi?

— Kinoga o’xshagan kino ular bobo, do’stlarim bilan san’atdan bahra olamiz bobo — hijolat bo’lib gapirdi Shamsiddin

— Mayli bolam, bugun ham taklif bilan kelgan edim. Bir paytlar kichkinaligingda eshitishni yoqtirganingdaka, hayotimdan har xil hikoyalar aytib beraymi yoki kitoblar o’qib beraymi, deya kelgan edim.

— Bilmasam bobo, do’stlarim bilan kelishib qo’ygan edim — deya Shamsiddin biroz sukunatdan keyin javob berib qo’ydi. Bobosi ham uning do’stlari bilan kelishib qo’ygani uchunmas, o’zidan hohish tashqariga oldindaka otilmayotganini ko’rib, mayli, deb qo’ya qoldi.

Shamsiddin bobosi ketgandan so’ng, bobosining har hafta shunaqa kelib harakat qilayotganini eslar, negadir rostan ham, kichkinaligidaka bobosining hikoyalari va o’qib beradigan kitoblari unda qiziqish uyg’otmayotganlarini ham anglab yetar edi. Aniqrog’i u buni ancha oldin anglab yetgan edi, ammo yana o’sha paytlarga qaytishga qiziqish paydo ham qilmas edi.

2015-yil. Shamsiddin 35 yoshda.

Shamsiddin ishhonadan qaytib kelyapdi. U metroda kelar ekan, qo’lida kitob bilan iloji boricha vaqtni unumli o’tqizishga harakat qilardi. Lekin qancha harakat qilmasin, faqat shu ishga borganda va qaytganda vaqt bor, ish payti esa vaqtni albatta ishga ajratish kerak. U kitobni o’qir ekan, hayollaridan xotiralar ham shamolday kezib o’tib ketar edi. U eslashda davom etar edi, bolaligida, balog’atga yetganida, o’spirin yigitligida qancha vaqti bor edi, lekin ularni nimalarga sarfladi. Javobi esa atrofida edi. Ko’zini biroz ko’tarib metrodagilarga nigoh tushirdi. Atrofdagilar esa band edilar, telefon bilan band edilar, albatta hammasi emas, biroq ko’pchiligidir. Telefonda esa yoshlar, hatto ba’zi yoshi kattalar, o’g’il bola va qizlar, hammasi telefonda nimadir kino ko’rish bilan, klip ko’rish bilan, serial ko’rish bilan, o’yinlar va ilovalar bilan mashg’ul edilar. Bu narsa unga yana o’zining o’tmishini eslatdi, hozir esa umrini ancha qismini o’tkazib yuborgani, ha yashamagani, o’tkazib yuborgani yana tamg’adaka peshonasiga yopishtirilganligi esiga tushdi. U bir xil insonlarni quloqchinda ko’rib qaror chiqarishda shoshilmas edi, chunki ba’zida o’zi ham quloqchinda audiokitob eshitishni yaxshi ko’rardi. To’g’ri yana ba’zilar telefonda kitob o’qishar edi, ammo kitob o’qigan va boshqa narsa bilan shug’ullangan odam yaqqol ko’rinib turardi.

Shamsiddin uyiga keldi. Farzandlaridan biri telefonni ilovasida har xil videolarni ko’rib o’tiribdi. U o’g’liga gapirdi, “koshki edi onda-sonda chalg’ish uchun tomosha qilsang, ammo har kuni vaqtingni shunda sarflashing shartmas-ku”, dedi. O’g’li ham, “hech nima qilmaydiku dada”, dedi va yig’ishtirdi, lekin Shamsiddin yonidan ketishi bilan tezda yana telefonga yopishib oldi. Ikkinchi farzandi esa kompyuter oldida o’tirardi va kompyuter o’yinlarini o’ynar edi. Qo’shimchasiga har xil ma’noli ashulalarni ovozini ko’tarib qo’ygan edi. Unga ham, “bu o’yinlarni kuniga bir soatdan o’ynash oshmasin, deb gapirmaganmidim o’g’lim, keyin faqat bo’lar bo’lmas ashulalarni eshitma demaganmidim”, deb sal jiddiy gapirdi. Buni ko’rgan o’g’li tez kompyuterni va ashulani o’chirdi. Oshxonaga borishi bilan ko’zi yoniq turgan televizor, undagi qanaqadir g’arb seriali, buni tomosha qilib o’tirgan hotini va qiziga tushdi. Bu holni yillar davomida kuzatib kelayotgan bo’lgani uchunmi, balki televizorda serialning qahramonlari qiz bola va o’g’il bola ochiq-sochiq kiyinib, “sevgimiz abadiy bo’lsin”, deya kechqurun sayr qilib yurganlarini hotini kichkina qiziga ham ko’rsatib o’tirgani uchunmi jahli vulqonga o’xshab otildi. Stol ustida turgan idishlarni sindirib tashlagisi keldi, ammo o’zini qo’lga oldi. “Men senga kichkina qizimiz bilan bunaqa seriallarni tomosha qilma, demaganmidim” dedi. Hotini esa, “dadasi azgina ko’ryabmiz”, dedi. Shamsiddin, “o’chir televizorni”, dedi. Televizor o’chgan edi, qizi yig’lay boshladi, ko’rgisi kelayotganini harhasha qilib. Nimagadir Shamsiddinda tuzatib bo’lmaydigan hissiyotning paydo bo’la boshladi. O’z vaqtida bobosi unga sal kam har kuni kelib to’g’ri narsani ko’rsatishga harakat qilardi. Hozir shu damlarni esiga soldi va o’sha vaqtlar, o’tmishni orqaga qaytarmoqchi bo’ldi. Ammo teran fikrlab olgan inson sifatida tushunib yetardiki, buning iloji yo’q. Tushunib yetardiki, Alloh vaqtida hammaga imkon beradi, unga ham imkon berilgan edi, balki yana imkon berilar, Shamsiddin buni bilmas edi, bu faqat Allohga ayon edi. U o’ylab qoldi, balki bunaqa umidsizlik bilan Alloh ko’rsatib qo’ymoqchidir, o’z vaqtida bobosini qanaqa umidsizlikka tushurganini, balki sinovdir, balki jazodir. Shamsiddin bularning sababini qidirar edi, vaqtida ota-onasini biznesga berilib ketishi va Shamsiddin bilan unaqa jiddiy shug’ullanishmaganidir yoki o’zi umuman haqiqiy narsalarni ilg’amaganidir. Ichidan qaysidir tarafdan bu shunchaki oddiy narsalar, bular hayotingni bulg’amaydi, degan ovoz kelardi. Boshqa tarafdan esa, zalolatni ko’pchiligi shu oddiy narsalardan boshlanadi, degan ovoz kelar edi. U o’zini charchaganini his qildi va hech nima yemasdan uhlashga qaror qildi.

2035-yil. Shamsiddin 55 yoshda.

Juma kuni edi. Shamsiddin sochlari oqarib, qarilik chegarasiga borib qolgan edi. U jumadan qaytayotgan edi. Har jumada duolarni tilash vaqti ko’p bo’lar edi. Bu safar ham kam duo qilmadimi ekan, deb hayol surib uyiga keldi. Uyga kelsa hech kim yo’q. Qizini turmushga chiqargan, ikkita o’g’lini uylantirgan edi. Hotini har kuni dugonalari bilan gapda, ikkita o’g’lini o’zi ham, hotinlari ham ishga berilib ketishgan va kuni bilan uyda bo’lishmaydi, o’zi esa nafaqada ilm olish bilan ovora. Har doimgi yashash ahvoli.

Biror soat o’tdi va nevaralari maktab va o’qishdan kela boshladi. Birlari 10 yosh, birlari 16—17 yoshlar atrofida. Kelishlari bilan Shamsiddin bobosining oldiga yugurib borishardi. Uni quchoqlab, jilmayishardi. Asr vaqti bo’lib qolgan edi, birga asr namozini ado etishdi. Keyin bobolari bilan birga choy ichib, kitob mutolaasiga tushib ketishdi. Shamsiddin bobosi esa Allohga shukronalik keltirar edi, shukronalik keltirishining sababi esa bu yosh nihollarni tarbiyalarini ota-onalarini tashlab qo’ygan edi, lekin Alloh unga umr berishda davom etardi, shu yosh nihollarni to’g’ri, parvarishlab o’stirishida. U o’ziga-o’zi gapirib qo’yardi, “Insha’Allah buning oxiri xayrli bo’ladi”, deya.

Adolat va Marhamat Sohibi

Abdurauf yoshi 23 larga borgan bo’lsa ham, adolat haqida aniqroq tushunchalari yo’q edi. Shu bilan birga u boshqa narsalardan ham uzoqroq edi. Uning qiziqishi o’z kasbiga berilib, faqat shunga vaqtini ajratish edi. Uning o’z kasbi esa, texnika ishlab chiqaradigan bir korxonada, ishlab chiqarish bo’limidagi bir ish edi. U o’z musulmonligini tan oladi, ammo hech narsani tushunishni hohlamaydigan odam bilimni qancha o’zlashtirishni hohlamasa, u ham buni shunchalik o’zlashtirishni hohlamas edi. Namoz o’qisa ham, uyidagilarini ko’rishi uchundir, uyidagilar bo’lmasa, namozni o’ylab ham qo’ymas edi.

Garchi namoz o’qimasada, juma namoziga chiqib turardi va bir kun juma ma’ruzasida domla Allohning adolati haqida so’z ochdi. Domla, “Allohning marhamati juda kengdir, shu bilan birga adolati ham kengdir. Ba’zida biz insonlar buni tushunib yetmaymiz va tushunmasdan yashashda davom etamiz”, dedi. Abdurauf bularni unaqa diqqat jamlab eshitmagan bo’lsada, bu so’zlar uning qulog’iga ilindi. Domla ma’ruzasining oxirida yakunlash uchun so’zlarni gapirishni boshlagan edi, bu Abduraufni e’tiborini yana tortdi. Domla esa, “Allohim ixlos bilan eshitgan, so’zlagan Qur’on oyatlarimizni va duolarimizni qabul qilishingni umid ila so’rab qolamiza”, deb qoladi. Shunda Abduraufni go’yo chaqmoq urgandaka bo’ldi, asli unday bo’lmasa ham. U o’ziga-o’zi ichida savol beradi, “menichi, meni shu kungacha ixlos bilan bu narsalarni eshitdi, deb aytsa bo’ladimi, o’zi hozirchi, hozir eshitdimmi”, deb gapiradi. Bu savoldan keyin, o’ziga boshqa savol beradi, “nega bu ixlos bilan eshitish haqidagi savolni endi beryapman, nega shu kungacha bermadim?”. O’zi ham bilmadim, nima sabab bo’ldiki, hozir ixlos haqida o’ylab qoldi. Namoz boshlandi va namoz jarayoni bo’layotgan bo’lsa ham, fikrlarini shu ixloslik mavzusi tark etmas edi. Juma namozi ham tugadi, lekin ixlos haqida fikrlar tugamadi. Negadir u shu kungacha yashayotgan hayot tarzi islomga ixlos bildirmayotganini tushungan edi.

Oradan bir hafta o’tdi, kuz fasli ham o’z chiroyini ko’rsatishni boshlagan edi. Shu vaqt uning do’stlaridan birining to’yi bo’layotgan edi. Abdurauf o’shandan beri ixlos bilan, ziyraklik bilan ko’p narsani kuzatadigan bo’lib qolgan edi va shu bois to’yda bitta narsa uning e’tibori chetidan qolmaydi. Uning bir do’sti boshqa bir odamning mashinasini eshigini ochayotganda, eshikni kuch bilan ehtiyot bo’lmasdan ochadi va devorga urib oladi. Eshik ham ozgina qiriladi va bu ish uchun uning do’sti mashina egasidan uzr so’raydi, albatta. Biroq bu uzr shoshilinchda, to’y vaqtida bo’ladi va egasi bu uzr bilan rozi bo’lmaganini bildiradi. To’y tugagan edi, mashina egasi, Abduraufdan o’sha do’stini chaqirib yuborishini so’raydi. Abdurauf aytadi va do’sti ko’rishadimi, mashina egasini rozi qildimi yoki yo’qmi bilmaydi.

Shu bilan oradan ikki oy o’tadi. Abdurauf yana ajib bir holat guvohi bo’ladi. Xuddi shu to’yda birovning mashinasini eshigini urib olgan do’stining mashinasini ham, boshqa bir umumiy do’stlaridan bittasi ehtiyot qilmasdan, tezkorlik bilan eshikni ochib urib oldi. Abdurauf buni kuzatdi va hayron qoldi. Abdurauf e’tibor bermadi, ikki oy oldin mashina eshigini urib olgan do’sti buni sezdimi yo’qmi, hozir mashina eshigini urib olgan do’sti kechirib so’radimi yo’qmi. Biroq uning o’y-hayolini “adolat”, degan so’z o’rab olgandi. Abdurauf o’ylayotgan edi, “demak uning do’sti, ikki oy oldin mashina egasini rozi qilmabdida, endichi bu hozir urib olgan do’sti buni rozi qilmasa, demak u ham oliy adolatga uchrarkanda”.

Oradan yana bir oy o’tdi. Abduraufning boshlig’i uni do’kondan ul-bul sotib olib kelishga chiqarib yuborgan edi. Abdurauf oladigan narsalarni tanladi va kassaga bordi. Kassachi hisoblab narsalar narxi o’ttiz ikki ming to’rt yuz so’m bo’lganini aytdi. Abdurauf boshlig’i berib yuborgan pulni berdi. Do’kondagi kassachi esa pulni olib, qaytimni qaytarib bermoqchi edi, Abdurauf tanga ko’rinishidagi olti yuz so’m kerakmasligini aytdi va naqd pul qaytimni oldi. Do’kondan chiqib ketar ekan, o’zini o’yga tortdi. Oldin ham boshlig’I bir-ikki marta bunaqa iltimos qilganida, qaytimni tiyin-tiyinigacha bo’lsa ham olar edi va boshlig’iga olib borardi, lekin undan keyingi paytlarda boshlig’i tanga unga kerakmasligini, hohlasa tangani o’ziga qoldirishini aytardi. Abdurauf birovni tangasini o’ziga qoldirmasdi albatta, biroq boshliq olmaydi, deb hozir bunaqa ham qilishi kerak emas edi. U hozir shuni biroz o’yladi va tugatdi.

O’sha kunni o’zida Abduraufni ishi o’z vaqtida tugadi. U avtobus bekatdan avtobusga o’tirdi va uyiga qaytayotgan edi. Uyiga yetib qolganda, yo’l haqi ikki ming so’mni tahladi va ham chiptachi, ham haydochilik vazifasini qilayotgan haydovchiga uzatdi. Abdurauf o’n soniyacha kutdi haydovchi olti yuz so’m tanga qaytimini qaytarishini, ammo qaytarmadi. Shunda o’zi so’rashga majbur bo’ldi. Haydovchi esa uyalmasdan tanga qolmadi, deb aytdi. Uyalmasdan, degan so’z Abdurauf uchun bekorga emas edi, chunki ikki-uch daqiqa oldin boshqa bir yo’lovchi yo’l haqini tangalarda bergan edi va haydovchi uni olgan edi. O’sha tangalardan qaytimni qaytarsa bo’lardi, ammo qaytarmadi. Abdurauf og’zini endi ochmoqchi edi shu borasida, biroq ichiga yutdi. Gap urush chiqishi qo’rqinchidanmas yoki boshqa sababdan emas. U shunchaki esladi, bugun kunduz kuni qaytim tangalarni va bu safar ikkita so’z uni falaj qilib qo’ydi, “buyuk adolat”. Ha, undan oldin do’sti bilan bo’lganda shunchaki adolat, degan so’z edi, hozir esa buyuk qo’shimchasi bo’ldi.

Abdurauf avtobusdan tushdi va uyi tomon yo’nalishda yayov yurib borar edi. Yayov ketishlikda davom etar ekan, ich-ichidan shu ikkita so’z, ya’ni buyuk adolatni his qilar edi va buni e’tiroz eta olmas edi. Abdurauf albatta musulmon, albatta Alloh borligiga ishonadi, biroq Uning adolatiga hali duch kelmagan edi. U korxonada ishlab chiqarish bo’limida ishlagandan keyin bilar edi, mahsulot o’z vaqtida mijozlarga yetib borishi uchun, xomashyo ham o’z vaqtida ularga yetib kelishi kerak. Hammasi o’z vaqtida sodir bo’lmasa, unda muvozanat buziladi. Allohning adolatida ham shuni tushunib yetdi. Allohning adolati ham muvozanati buzilmaydigan, hammasi o’z vaqtida, kechiktirilmasdan amalga oshadigan jarayonligini bildi. Abdurauf yana chaqmoq chaqqandaka bo’ldi va yurgan yo’lida qotib qoldi. Buning sababi esa, u shuncha yillardan beri masjidda juma ma’ruzasida tushunib yetgandaka, ixlos bilan Allohga talpinmagan. Na farz qilingan namozlarni o’qir edi, na farz yoki sunnat qilingan boshqa amallarni bajargan edi. U hozir tushunib yetgan edi, Allohning adolati baribir barchani o’z vaqtida topadi, ham bu dunyoda, ham oxiratda va albatta, haq adolat, adolatli adolat, har kim qilmishiga yarasha oladigan adolat topadi. Bu degani esa, bular uchun uning jazosi ham katta bo’lishi mumkin edi va u o’z hayolida “mumkin emas, aniq”, deb to’g’irlab qo’ydi. Havo garchi unaqa sovuq bo’lmasada, uni ter bosdi. Nima qilishni bilmay, shu yerda turib qoldi. Faqat biroz o’tgandan so’ng yurishni boshladi va uyiga qaytdi.

Ertasi kuni dam olish edi. Abdurauf kechasi bilan uhlay olmadi. Ertalabga yaqin ko’zi ketgan edi va vaqtli uyg’onib ham tezda ko’chaga ish bilan ketyabman, deya chiqib ketdi. Negadir yayov yurgisi keldi. Yayov yurib masjidning yoniga yaqinlashib qolibdi. Sal buyoqroqda skameykada bitta odam o’tirgan ekan. Abdurauf u odamning qo’liga qarasa, qo’lida spirtli sharbatning shishasi va shu shishadan ichib o’tirgan ekan. Yoniga yaqinlashgan edi, ichib o’tirgan odam shishani mast holatda yerga qo’ymoqchi bo’ldi va shisha turmasdan yiqildi va ichidan qizil suyuqlik chiqdi. Abdurauf o’zi oldindan spirtli ichimlik yoki tamakilarni yoqtirmasdi, lekin unaqa borib kimgadir unaqa nasihat qilmas edi. Hozir esa borib u kishiga gapirdi, “birodar masjidning oldida nima qilasiz shuni ichib?”. Ichib o’tirgan odam esa “hay gitler”, deb qo’ydi mast holatda. Abdurauf biroz jim turdi va “gitlerni nima qilasiz, tinch qo’ying, u allaqachon o’lib ketgan, siz tiriksiz-ku hali”, dedi. Ichib o’tirgan odam yana shu iborani qaytardi. Abdurauf esa nima deyishni bilmadi va “Allohga yoqmaydi bunaqa qilib masjid oldida ichishiz, qo’ying shuni, ichmang”, degan edi, ichib o’tirgan odam javobidan so’ng nima deyishni bilmadi va orqasiga o’girilib ketdi. Ichib o’tirgan mast kishi esa, “men ichaveraman”, degan javob qilgan edi. Abdurauf orqasiga o’girilib ketayotganda, mast kishi orqasidan chaqirib qoldi, lekin u orqasiga o’girilmadi va e’tibor bermadi.

Masjidning ichiga kirishni qaror qildi. O’zi ham hayron, mast kishini yonidan uzoqlashgandan so’ng, masjidni darvozasi oldidan o’tayotgan edi, negadir qadami shu tarafni tanladi. Masjidga kirar ekan, hali ko’p xatosini to’g’irlashi kerakligini o’yladi. Va, yana bitta haqiqatga amin bo’ldi. Allohning adolati ham, marhamati ham mutloqdir. Allohning rahmati, g’azabidan oldinroqdir. Alloh hatto Undan yuz o’girgan odamlar, ya’ni boyagi mast odamga yoki o’z vaqtida Abduraufga o’xshagan bandalarga ham yordam beradi. Buning isboti esa Abduraufga qancha belgilar jo’natilgani va boyagi mast kishiga esa Abduraufning duch kelganidir (balki bundan keyin ham kech bo’lguncha, kimdirlar duch kelishi). Va, Allohdan yuz o’girmaganlardan esa, nega Alloh ham ulardan yuz o’girsin. U shu fikrlarni tushunib yetganiga shukronalik keltirdi va namozga taxorat olish uchun taxoratxonaga kirib ketdi.

Ajoyib sevgi

Stiv piyoda ishiga ketayotgan edi. U tug’ilganidan beri faqat Angliyada yashagan edi va faqat hozir allaqachon bir yildan beri qurilish loyihasini bitirish uchun Rossiyada yashab kelayotgan edi. Uning yashaydigan joyi qurilish obyektidan 5 daqiqalik yo’l edi. U sayr qilishni yaxshi ko’rgani uchun, azgina vaqtliroq chiqar edi va har kuni har xil yo’nalish bo’yicha aylanib borishni yaxshi ko’rardi. Bugun ham aylanma qilishni istadi va yo’lda ketayotgandan edi. Atrofni ko’rib ko’zi quvonar, xatto sovuq havo ham atrofni kuzatishdan to’sib qo’ya olmas edi. Ko’chaning burchagidan o’ng tarafga qayrilganida tasodifan ko’zi bitta qizga tushib qoldi. Nimagadir joyida turib qoldi va u qizdan ko’zini uza olmadi. Qiz qaymoq rangdagi hijob bilan o’ralgan, ikki ko’zi yerda, yuzi esa qanaqadir nurlarga to’lib yotibdi. U qizning nimadiri Stivni o’ziga tortdi. Stiv Angliyada ham qizlarni ko’rgan, muslima qizlarning ham shunaqa kiyinishini bilardi va kuzatgan edi. Biroq negadir, uning fikru-hayolini shu qiz olib qochdi. Stivning ishga borishi kerakligi esiga tushdi, lekin u hayoliy to’siqni ustidan sakrab o’tgandaka bu to’siqni ustidan sakrab o’tdi va qizning ortidan tushdi. Stiv bilmas edi, musulmon xalqlarida muslima qizning oldiga shunchaki borib gapirib bo’lmasligini. Shu bois u qizning orqasidan yetib olib, yo’liga chiqdi va inglizchada nimadirlarni gapirishni boshladi. Qiz esa birinchi cho’chib tushdi, undan so’ng bir bor Stivga nazar soldi va yerga qarab uni aylanib o’tib ketishga harakat qildi. Stiv esa iloji boricha o’z fikrini tushuntirishga harakat qilardi. U bir yil ichida o’rgangan bilimlarini, o’rgangan so’zlarini esga solishga harakat qilib, aksent bilan ruschada gapirishga kirishdi. Chala rus chiqayotgan gaplaridan qiz tushunib yetdiki, yigit sevgi izhor qilyapdi va qizning yoqtirgan odami bormi yoki yo’qmi so’rayapdi. Qiz esa hech nima eshitmagandaka aylanib o’tib ketdi.

Stiv noilojlikdan nima qilishni bilmadi va qizning orqasidan kuzatdi. Qiz uyiga keldi va bola ham qizning ortidan uyning eshigini taqillatdi. Eshikni bir yoshi kattaroq ayol ochdi. Stiv jilmaygan holda o’zini tanishtirdi, ayol ichkariga kirib ketdi va birozdan so’ng boshqa bir yoshi kattaroq erkak kishi chiqib keldi. Stiv yana jilmayib o’zini tanishtirdi. Mezbon mehmonni uyga taklif qildi va tarjimon uchun qo’shning ingliz tili biladigan o’g’lini chaqirtirvordi.

Stiv to’g’ridan to’g’ri maqsadga o’tdi, qizning otasi bo’lib chiqqan erkak kishiga qizni ko’rib qolganini va yaxshi ko’rib qolganini, uylanmoqchi bo’lganini aytdi. Kutilmagan bunaqa voqealardan qizning otasi hotirjamlik saqladi va savol berishni boshladi.

— Dining nima?

— O’zi ota-onam nasroniy, lekin man yillar o’tib ko’p hudolik tushunchalarini anglab olganman — qizning otasi jim turdi va gapirdi. Qizini chaqirishlarini buyurdi. Qizi keldi va mehmonga e’tibor bermasdan, otasiga yuzlandi. Otasi qizidan buni tanidimi yoki yo’qmi so’ragandi, qizi mehmonga qarab bugun yo’lini bir marta to’sganini aytdi. Qiziga ketaverishini aytib, Stivga qarab gapirdi.

— Dangal odam ekansan, manam dangalman, shunga to’g’ridan to’g’ri gapiraman. Qizim Qur’onni yod olgan qoriya hisoblanadi. Oldimga kelib million marta yalinsang ham, agar islomni qabul qilmagan bo’lmasang, namoz o’qimasang va uyog’iga ilmingni kuchaytirishni va’da bermaseng, qizimni bermayman.

— Nega axir?

— Sababi oddiy, tavxid, ya’ni yakkahudolik faqat Allohga munosibdir. Sen esa nasroniy bo’la turib, ko’p hudolik deysan.

— Tushundim sizni, ammo yolg’ondakam dinni qabul qilaman, deb uylanib olsam ham bo’ladiku. U narsani o’ylamadinggizmi?

— Birinchidan, Allohning kalomi bilan hazillashib bo’lmaydi, hazillashsang ham bu uchun katta azob bor. Ikkinchidan, unaqa qiladigan bo’ladigan bo’lsang, yerni tagidan bo’lsa ham, qancha vaqt o’tgandan keyin bo’lsa ham seni topamiza, chunki biz musulmonlar muslima qizimizmi, singlimiz bo’ladimi, ularni hafa qildirib qo’ymaymiz. Boshqa begona muslima ham singlimiz yoki opamiz hisoblanadi. Uchinchidan, gaplaringdan unaqa odamga o’xshamayapsan — Stivga asosan begona bo’lsa ham, boshqa muslima ayollarni hafa qildirib qo’ymaymiz, degan fikr boshqacha ta’sir qildi. U o’yladi, ertaga uning ham qizi shu jamiyatda o’zsa, qizi uchun bu ajoyib sovg’a bo’larmidi, deb. U uchun bu mantiqni orqasidan kelayotgan narsa edi. Ammo o’zi hayron qoldi, qanday qilib bunaqa fikrlar uning mehmoni bo’ldi? U ikkilanib o’tirmadi va ichki ovozga tayanib, roziman, dedi.

Biroz vaqt o’tdi va u uyida ayoli bilan namoz o’qib o’tirar edi. Namozni tugatishdi. Ayoli choy uchun qo’yilgan suv qaynaganini bilgach shoshilib ketdi. Stiv esa joynamoz ustida o’tirar edi va hayotidagi hamma narsa uni shu yo’lga olib kirishi uchun edi, deb o’ziga o’zi hayolida gapirib qo’ydi. U ichida Allohga hamd aytdi, bergan marhamatini shukronalik bilan esladi. Alloh Stivning yuragiga islom dinini sevgi orqali ochganini eslab, ko’zidan yosh oqdi. Bu hursandchilik ko’z yoshi edi. U ko’z yoshini ortdi va nafl namoz uchun niyat qilishni boshladi va o’qishga tushib ketdi.

Anhorning kundalik hayoti

Ayolga mas’ulyatli sovg’a

Nilufar o’zining sevimli ishi hisoblangan jurnalistlik tufayli, bir yirik korxonaning egasidan intervyu olishiga to’g’ri keladi. Nilufar korxonaga kirib borar ekan, korxona maydoni va qurilish inshoati kattaligiga beixtiyor lol qolardi. Bunaqa katta natijaga erishish uchun, juda katta kuch kerak bo’ladi, deb qo’ydi yana beixtiyor. Binoning ichkarisiga kirarkan, Nilufar bilan telefonda aloqada bo’lib turgan kotiba uni kutib oldi va tepaga korxona rahbarining ofisi tomon otlanishdi. Binoning ichida hamma ish bilan mashg’ul, odamlarda chalg’ish yoki nimadir sabablar yo’q edi, ishni sustlashishiga. Nilufar bundan oldin ham boshqa korxona rahbarlaridan intervyu olgan edi, lekin bunaqa intizomni ko’rmagan edi. Bu intizom nafaqat ishni uzilmasdan davom etishida, balki ishlayotgan odamlarning chehralarida ham aks etar edi. Ular ishga berilib qilayotgan uchqun ko’zlarida ko’rinib turardi. Korxona metalga ishlov berib, metaldan qurilish mollarini yasab beradigan korxona edi. Nilufar va kotiba yurishda davom etishayotganda, ular yoshi 35—40 larga borib qolgan, bir jiddiy odam duch kelishdi. O’zini sal bo’lsada biroz oldin bo’sh qo’ygan kotiba ham jiddiylikni yanada kuchaytirdi. “Nurali aka bu sizdan intervyu olishi kerak bo’lgan va vaqtini kelishgan jurnalist hisoblanadilar”, dedi kotiba. Nurali aka esa bir nigohini tashadi va marhamat deya ofisga boshladi. Nilufar ofis tomon yurganda fikrlashga tushib ketdi. Ishchilarning o’z ishini bilib, bunaqa darajadagi intizomga amal qilayotganlari bekorga emasligini endi tushunib yetgandi. Haqiqattan ham, Nilufar uchun Nurali akani hatto yurishlarida ham bir intizom ko’rinar edi.

Hamma ofisga kelib o’tirishgandan so’ng, kotiba bitta choynakda choy olib keldi, piyolalarga quydi va honadan chiqib ketdi.

— Rahmat vaqtinggizni ajratganinggiz uchun, biz uchun bu muhim hisoblanadi — Nilufar.

— Odam o’z ishini sevib bajarayotganida men buni qo’llab quvvatlayman — Nurali aka — savollaringgizni beravering — yana shu jiddiylikda.

— Unda ijozatinggiz bilan, siz ham bu ishinggizni chin dildan sevib qilasiz, aynan shuning uchun natija o’zi ko’rinib turibdi, savolim shuki, sizni bundanda yaxshi ko’radigan ishinggiz bormi? — bu savol Nurali akaga ham noodatiy bo’lib ko’rindi, chunki ko’p intervyularda bunaqa savol bilan boshlashmagan edilar.

— Ha bor, har kuni qiladigan bir muhim ishim bor, uni bu korxona va bizneslardan ko’ra ham yaxshi ko’raman, hamda har onini orziqib kutaman.

— Sir bo’lmasa aytsanggiz bo’ladimi?

Shu payt kotiba telefon orqali, uzur so’rab, boshqa kelsa bezovta qilmas edi, biroq oilasi kelgani uchun aytib qo’yayotganini ta’kidlagan edi. Shundan so’ng Nurali aka oilasini kutib oldi. Honaga bir ayol va ikkita bola kirib kelishdi. Ayol Nilufar bilan bir xil yoshda edi, Nilufarning chamasi bo’yicha. Yonidagi bolalar esa, bir qiz va bir o’g’il bola. Nurali akani ko’zida sezilar-sezilmas quvonch, zavq paydo bo’lgandi o’z oilasini ko’rib. Ammo uning jiddiy xarakteri o’z izini umuman yo’qotmagan edi. Nurali aka Nilufarga hammani tanishtirdi. Bolalardan qizning yoshi katta, o’g’il bola esa hali kichkina edi. Nurali akaning ayoli bolalar bu suhbatga halaqit qilishlari mumkin, degan asnoda kotibaga ularga ko’z-quloq bo’lib turishni iltimos qildi. Uning ismi Mursalina ekan. Nilufarga bu ism bir boshqacha chiroyli eshitildi. Mursalina eridan ubu narsa kerakmi yoki yo’qmi, unda biror xizmati yo’qmi, deb savol berdi. Nilufar esa hayron qolardi, kotiba bor-ku, deya o’ziga-o’zi. Shu payt birdan Nurali aka soatga qaradi va zarur ishi borligini 20 daqiqada qaytishini aytdi va uzr so’rab, turib ketdi.

Nurali aka o’rnidan turib ketar ekan, ikki ayol taraflama ixtiyoriy suhbat boshlanib ketdi. Buning boshlanishi esa Nilufardan chiqqan edi. Nilufar esa ming o’zbek bo’lsada, baribir ruscha maktab va o’quv dargohlarini bitirgani sabab, ba’zida bir xil urf-odatlarni tushunmasdan o’sgan edi. Nilufar o’zini qiziqtirgan savol bilan boshladi va so’radi, nega kotiba turganda Mursalinaning o’zi xizmatga shay turganini. Bu savolni eshitgan Mursalini sodda va beg’uborona kulgusini yashira olmay kulib yubordi. Kulishni birozdan keyin to’xtatib, javob berdi va javobi Nilufarni ham sal kulishiga olib keldi. “Shunchaki bo’ynimdagi mas’ulyatni o’z hohishim bilan qilishga harakat qilyabman”. Mursalinani javob shunday edi. Nilufar esa boshqa mentalitetda o’sgani uchun, bu javob u uchun kulguli bo’ldi. Nilufarning kulgusi tagida sal bo’lsada, bu haqiqatni tan olmaslikning soyasi borligini ko’rib, yana shirin jilmayishda davom etdi.

— Bilaman, meni gaplarim, so’zlarim siz uchun hozir kulguli, ishonib bo’lmaydigan osmono’par so’zlardaka ko’rinayotganini — Nilufar o’zining vaziyatini bilintirib qo’yganini sezdi va oqlanmoqchi bo’ldi, bunga javoban Mursalina qo’li bilan belgi berib, hammasi joyida ekanini bildirib davom etdi — lekin sizga misol tariqasida tushuntirib bersamda, siz eng yaxshi ko’radigan odaminggiz ota-onaggiz bo’lsa kerak, shundaymi? Ha shunday ekan, tasavvur qiling eng yaxshi ko’rgan insonlaringgiz bo’lgan ota-onanggizdan sovg’a oldinggiz, bu sovg’ani siz ahlatga tashlamaysiz, uloqtirmaysiz har qayoqqa, ota-onanggiz e’tiborining isboti bo’lgan bu narsani qadrlab, avaylab asraysiz, shundaymi? Fikrim to’g’riligidan hursandman, ana endi qarang, men ham yaxshi ko’rganim Allohdan har kuni har xil sovg’a olaman va bu sovg’alarni son-sanog’iga yetib bo’lmaydi. Asosiy sovg’alarim esa turmush o’rtog’im va farzandlarim. Xo’sh nega endi men, o’zim yaxshi ko’rgan Zotdan menga berilgan sovg’alarni har yoqqa uloqtirishim kerak, ahlatga otishim kerak, nega endi asrab-avaylab, qadirga yetmasligim kerak, nega? — jilmayishni ketini uzmasdan tugatdi. Nilufar nima deyishni bilmas edi. Keyin bitta bahona topganday bo’ldi va “bu hammasi Islomning stereotiplari hisoblanadi… menimcha”, deb qo’ydi.

Mursalina biroz jilmayib turdi va javob qaytardi.

— Hammamiz unaqada qaysidir stereotipning asosida yashaymiz, albatta unda sizning mantiqinggizdan kelib chiqsak, siz ham qanaqadir stereotipga asoslangan holda mening stereptipimga fikr bildiryapsiz. Farqi shuki siz nazarda tutgan olamni men ham bilaman, tushunib yetganman, ammo siz men yashayotgan olamni oxirigacha anglash bir joyda tursin, shu tushunchani yoniga ham yaqinlashmagansiz — Mursalinaning jilmayishi ozgina yo’qoldi — g’arbdagi biz feministmiz, biz hohlaganimizni qilamiz, deb bong urayotganlarni qo’llarining barmoqlarini orasidan ham, men va menga o’xshagan itoatkor, oldidagi mas’ulyatni quli bo’lib yashayotganlarni qo’llarining barmoqlari orasidan ham qum changlari tushib ketyabdi. Farqi shundaki, bizlar anglab yetganmiz, nega qumni tushayotganini va uni hamma joyga sochib tashlamaymiz, aksincha ular bir barqaror joyga tushyabdi va ertaga biz qo’limiz oxiri kuchdan tolganda, o’sha qo’limiz yumshoq tushadigan joyi bo’ladi — honaning oynasidan ko’ringan bolalariga qarab qo’ydi — G’arbdagilar ham biladi shu qumlarni tushayotganini, lekin ular anglab yetmagan nima sababdanligini va qum tushayotgan ekan, demak qo’lim bitta joyda qotib qolmasin, deya qo’llarini har tomon harakatlantirib, qumni har joyga sochib tashlashadi. Oxir-oqibat o’zlari ham bilmaydi, qo’llari qayerga qulayotganini va qanday qulaganini ham. Gaplarimdan hafa bo’lmang, umid qilamanki sizga bu gaplarim bilan ozor bermadim, kechirasiz endi bolalarimdan habar olay, xo’jayinim hozir chiqib qolsalar kerak — deya Mursalina o’rnidan turib ketdi.

Nilufar nima o’ylash kerakligini bilmas edi. Mursalinaning jahli chiqqanini payqadi, aslini olganda o’zi aybdorliginiyam bilardi. O’zi birinchi itoat haqida savol berdi va “stereotip” deya uning his-tuyg’ulariga qarata tosh otdi. Hafa bo’lishga haqqi ham yo’q edi. Hozirgi onda Nilufarni ayollik hislati, yuragining qaysidir bo’lagi Mursalina gapirgan haqiqatlarni tan olayotgan edi, biroq Mursalina allaqachon payqagandaka u g’arbga mos hayotga katta bo’lgan onggi teskarisini aytayotgan edi. Bir necha daqiqa ichida u o’zini yomon his qila boshladi. Nimagadir ko’ngli sekin aynishni boshladi. Qarasa Nurali aka boshqa bir honaga kirib ketganiga endi 10 daqiqa bo’libdi. Majburlikdan borib Nurali aka kirib ketgan honani taqillatdi, hech qanaqa javob kelmadi. Eshik sal qiya ochiq turganiga boshini ichkariga kirg’azishga qaror qildi, kechirim so’rab ketishini aytish uchun. Boshini shunday kiritgan edi, yuzi o’ng tarafdan Nilufarga qaragan holda kimdir yerda o’tirar edi. Bu Nurali aka edi, u namozni tugatib duoda o’tirgan edi. Nilufar birinchi taniy olmadi, chunki bu namozda o’tirgan va boya intervyuda, korxonada yurgan kishi umuman farq qilar edi. Katta intizomli, jiddiy, go’yo tog’ni ichiga yutgan va haybati osmonlardek ko’ringan Nurali akani o’rnida, bir bechora, xuddi haybati cheksiz bo’lgan hojasini oldida quli, qo’rquvda va bir vaqtning o’zida hojasiga nisbatan ehtirom bildirib o’tirgan bir nochor odam o’tirgan edi. Nilufar o’zini yomon his qilishini ham esdan chiqarib qo’ydi yoki yomon his qilishi tugagan edi. Nilufar tushunib yetgandi Nurali akani namozdaligini, ammo tushunmagan edi, nega shunaqa katta korxona egasi, shunaqa hayoliga ham sig’maydigan daromad, mol-dunyo sohibi o’zini bunaqa his qilayotgan edi, nimaga oilasi bilanmas, nimaga namozda? Nilufar yana tushunib yetdi, Nurali akani shoshib ishim bor degani, oilasi kelishiga qaramasdan, hozir bunaqa ahvolda o’tirganiga, uning ishidan ham yaxshi ko’radigan narsasi shu namozligini. Nilufar musulmon albatta, islom dini haqidan ham habari bor, ammo bu yuzaki bilim bilan, go’yo futbol haqida bilasanmi desa, uning hayoliga odamlar to’p tepib yurish hayoliga kelgandaka edi. U ham hozir islom dinini namoz o’qish va yana ro’za tutish deb bilar edi. Lekin hozir unda savol paydo bo’ldi, shu hozir 10 daqiqa ichida uchratgan ayol va erkakdan keyin, islom o’zi nima degan? Boshini eshikdan olib, qog’oz va qalam olib, qog’ozga ketganini va intervyu uchun minnatdorlik bildirib, uzr ham so’radi, shaxsan xayrlasha olmagani uchun.

Ofisdan chiqar ekan, u yerda faqat kotiba o’tirar edi. Mursalina yo’qligini ko’rib, uning qayega ketganini so’radi. Shunda kotiba bolalari bilan Qur’onni takrorlash vaqti kelganini, ularning hayot shakli shunaqa ekanligini aytdi. Bu gap birdan Nilufarning boyagi savoliga javob bo’ldi, ya’ni islom o’zi nima degan. Ichida o’ziga aytardi, “ha, bu ularning hayot shakli, meniki esa boshqa, yo’q meni hayot shaklim boshqachaga aylangan”.

Rostan ham Nilufar ham, Nurali aka va Mursalina ham islom kemasida, ammo Nilufar kemadan suvga tushaman deyapdi, Nurali aka va Mursalina esa manzilga borganda tushamiz deyishyapdi. Buni Nilufar ishga borgandan keyin tushunib yetgandi. Nilufarni Mursalinaning sovg’a, qum haqidagi gaplari rosa ko’p o’ylantirardi, Nurali akaning namozi ham. Shunda u qo’liga telefonni oldi va kotibaga qo’ng’iroq qildi, kotibadan esa Mursalinaning telefon raqamini so’radi. Kotiba ruxsat so’rashi kerakligini, so’rab ko’rib keyin habar berishini aytdi. Bir qancha vaqt o’tdi, javob kelmadi. Birozdan so’ng sms habar kelgan edi. Uni o’qib Nilufar hursand bo’lib ketgan edi. Sms habar esa Mursalinaning o’zidan kelgan edi va u yerda shunaqa so’zlar bor edi. “Nilufar men Mursalinaman, boya ozgina qizishgandaka bo’ldim, afsusdaman, kechirasiz agar mendan bir nima o’tgan bo’lsa, islomda bandaning haqqi bir-birida qolmasligi kerak, shunga umid qilaman orada hafagarchilik qolmaydi, deb. Bu mening raqamim, nimadir bo’lsa, bemalol aloqaga chiqavering, qo’ldan kelguncha yordam beraman”.

Bankrodlik darajasi

Bitta yigit skameykada o’tirgan edi, uning yuzidan xorg’inlik ko’rinib turardi. Nigohi faqat yerga qaragan. Onda-sonda o’ziga-o’zi nimadirlarni pichirlab qo’yardi. Uning yoniga bir boshqa chol kelib o’tirdi va uning hol-ahvolini so’rashni boshladi. Boshida hech nimani eshitmagan, nimadirlarni pichirlab o’tirgan bu yigit, birozdan so’ng yonidagi cholning ovozini eshita boshladi. Pichirlashni tugatdi va yuzini yoniga kelib o’tirgan cholga qaratdi. Chol yana bir bor, bolam nima bo’ldi, deb so’radi. Keyin chol yigitning yuzi oqarib ketganini, mazasi yo’qmi va shunga o’xshash savollarni so’radi. Yigit ikkilanib turdi biroz vaqt va lablarini qimirlata boshladi. Lablarini qimirlatar ekan, chol ko’rib turardi va o’ziga o’zi hayron qolardi, bunchalik nima dard ekan bu yigitni bezovta qilayotgan, deb.

— Men… bankrod bo’ldim. Bor budumni… yo’qotdim. Hammasi… ketdi.

Chol jim eshitib o’tirardi. Lekin ko’zlari yigitning dardini tushunayotganini bildirib turardi. Chol yigitdan katta bankrod bo’ldimi, deb so’radi. Yigit esa o’z navbatida sekin dardini yoshi katta suhbatdoshdan go’yo yengillik his qilayotgandaka aytib berishga tushdi. Yigit biroz vaqt o’tib bir biznes boshlagan ekan. Anchadan beri bor to’plagan pulidan boshlagan biznesi boshida yaxshi yurishgan ekan. Ammo biroz vaqtdan so’ng kutilmagan voqealar sodir bo’lib, bu biznesi bankrodlikka uchrabdi. Azgina sukunat paydo bo’ldi. Chol birinchi gapirishni boshladi.

— Bolam nimalarni his qilayotganingni tushunib turibman. Balki ichingda bu chol nimani ham bilardi, deb o’ylarsan yoki o’zimga to’g’ridan to’g’ri gapirarsan. Ammo ishon men ham bankrod bo’lganman — yigit darxol cholga umid ko’zlari bilan qarabdi. Cholga qararkan tasavvur ham qilarkan, balki hozir shu choldan biror bir foydali maslahat olarman, deya. Chol esa uning gaplari rostligini, yigit bekorga vaqt sarflab cholni eshitmayotganini bildirish uchun bankrodlikda his-tuyg’ularni tushuntirib berishga tushib ketdi — men ham bir paytlar restoran biznes boshlaganman, 4—5 yillab yiqqan sarmoyamni shu biznesga tikdim. Biznesim rivojlandi, gullab yashnadi. Qo’lim uzoqlarga yetadigan bo’lib ketgan edi. Yigirma yillarcha biznesim yaxshi davom etdi. Biroq bir kuni boshimga, tanamga tonnalab muzdek suv quygandaka falokatla kela boshladi. Qancha harakat qilmay, biznesim qo’limdan, barmoqlarim orasidan go’yo sahro qumlari singari tushib ketdi va ularning bitta donasini ham ushlab qola olmadim. Qarasam biznes, deb juda ko’p narsalarni ko’rmagan ekanman, juda ko’p narsalarni anglamagan ekanman. O’sha payt yoshim bir joyga borib qolgan bo’lsa ham, boshqattan biznes boshlashga qaror qabul qildim. Ammo bu safar xatolarimni tushunib yetgan holda, oldin anglamagan haqiqatlarni amalda qo’llashga harakat qildim — yigitning kayfiyati sal ko’tarildi, xatto bunaqa odamning yoshi ancha joyga borib qolganida biznes boshlaganini aytganidan so’ng.

— Sir bo’lmasa, yangi biznesingiz qanday biznes hisoblanadi? — qiziquvchanlik bilan so’radi, tezda gapni bo’lib.

— U dunyoda bankrod bo’lmaslik biznesi.

— Uzr, chunmadim. Qaysi dunyoda?

— Oxiratda. Ertaga bu dunyoda yig’gan savoblarimni o’sha yerda ishlatishni hohlayman, lekin tasodifan bu dunyoda kimningdir ko’ngliga ozor bergan bo’lsam, kimningdir haqqini yegan bo’lsam, kimdandir qarzim bo’lib, mazza qilib yashab yurgan bo’lsam, o’sha sarmoyalarim, jamg’armalarim u dunyoda yetmay qolishi mumkin. Va Alloh asrasin, biroq shunaqa bo’ladigan bo’lib qolsa, unda abadiy bankrodlikga uchrayman. Chunki u yerdagi do’zox abadiydir. Shu uchun ham, iloji boricha sarmoyamni ko’paytirishim kerak va u dunyoga investitsiya qilishim kerak — chol bularni aytar ekan, uni ter bosdi. Chol havoni issiqligiga qaramay, o’zidan sovuq terni his qilardi.

— Amaki ochig’i, boshini yaxshi boshlaganinggizga davomida yaxshiroq narsani etsanggiz kerak, deb o’ylagan edim. Ammo bunaqa falsafalar hozir yuragimga sig’maydi. Uzr, yaxshi qoling — deya birdan norozilikni aks ettirib ketdi.

Chol yosh yigitning orqasidan qarab qolardi va uning yurishlarida o’zining yoshligini ko’rardi. Biroz qarab turdida, Alloh o’zi yo’l ko’rsatsin, deya shivirlab qo’ydi. Birdan bobo, deya bir yosh bolani ovozi keldi va chol tomon yugurib keldi. Yosh bola bog’ni yonida bo’lgan maktab tomondan kelardi. Bola bobosining yoniga kelib, gapira boshladi.

— Bobo, bugun 2ta yaxshi ish qildim, bittasi o’qituvchimga narsasini ko’tarishvordim, ikkinchisi esa Allohning 99ta ismini bir marta o’qib chiqdim. Bular men uchun sarmoya bo’la oladimi? — yosh bola intizorlik bilan qiziqib so’radi.

— Ha, juda yaxshi ishlar qilibsan, o’zimni aqlli nevaramga unda uyda sovg’a berish kerak ekan — deya shirin jilmayib gapirdi chol va o’rnidan turdi, nevarasi bilan birga yo’lga tushdi.

Bir zumlik uzoq yillar

Abduhakim 40 yoshlarga borib qolgan, sochlariga oq tushayotgan bir er, ota va korxona ishchisi edi. U o’zini shunaqa tasvirlash bilan ovora bo’lib qolgan edi, ayniqsa shu oxirgi yillarda. U go’yo muzlikni qazib, katta bir aysbergga duch kelishini bilib turgandaka edi. Sababi shundaki, unda bunaqa o’tgan umrini sarhisob qilish odati yo’q edi. Abduhakim uchun shuning o’zi bir signal edi. Ishga borar, ishdan ko’ngli to’lmaydi, uyga borar, uyda ko’ngli yorimaydi. O’qishga va ishga berilgani uchun, kech uylangani sabab bolalari ham hali yosh edi, bitta o’g’il va bitta qiz. O’g’li 8 yosh, qizi esa 5 yosh. Bir kun u do’stlari bilan choyxona gaplashib qo’yishgan edi va shu choyxonaga ketdi. U yerga vaqtliroq borishni hohladi va shunday qildi ham. U yerga borib, undanda vaqtli kelgan do’stini uchratdi. Bu do’sti ancha yillar oldin boshqa chet davlatiga ketgan edi va kutilmagan sovg’a qilish uchun, birga yig’ilib keladigan do’stlarimga deya vaqtli kelgan edi. Uning ismi Abdulloh edi. Bir-birini ancha oldin ko’rgan va ancha yillardan beri ko’rmasdan, endi uchratgan do’stlar hursand bo’lib ketishdi va mehrla quchoqlashib, hushchaqchaq ko’rishishdi. Abduhakim bir oz hursand bo’lsada, lekin uning holati Abdullohga ochiq ko’rindi. Abdulloh uni nima bezovta qilayotganini so’ragan edi, birdan qolgan do’stlar ham keldi.

Choyxonada esa hamma birinchi Abdullohni eshitishga o’tdi. Abdulloh yillar davomida Misrda yashab u yerda bir mashhur universitetlardan birida dars berib, shogirdlar chiqarib, kitoblar chiqarib yurganligini, endi bu yerga qaytib bu vataniga ham xizmat qilishni qaror qilganini aytdi. Shunda boshqa do’stlari ham bu yerda nimalarga erishishganini birinma ketin so’zlab berishdi, kimdir biznesda, kimdir o’z ishida, kimdir san’atda yutuqlarga erishganini eslab o’tdi. Abduhakim esa ich-ichidan nimalarga erishganini o’zi bilmas va buni tashqariga ham chiqara olmas edi. Bir qancha yaxshi lahzalarga boy bu yig’ilish ham tugadi va Abduhakim hayolga to’lib mashina tomon borayotgan edi. Abdulloh uni to’xtatib, uyiga olib borib qo’yishini iltimos qildi. Abduhakim ham muommomas, deya rozi bo’ldi.

Yo’lda suhbat boshlanishiga Abdulloh sababchi bo’ldi. U yana Abduhakimdan so’radi, uni nima bezovta qilayotganini? Abduhakim mashina chambaragini boshqarishda davom etarkan, aytish yoki aytmaslikni o’ylar edi. Bir qancha fursatdan so’ng, o’zi hohlamagan holda, mashinani chetga oldi va ichidagi so’zlarni tashqariga chiqarib yubordi. “Gap shundaki, yillar o’tdi, lekin umrimdan ko’nglim to’lmadi. Bilmadim, nega bunaqa o’ylayapman, ammo oilamdagilar joyida, ishim joyida, lekin bilmadim nega bunaqa? Boya yig’ilishda hamma o’zining ko’ngli to’lib erishgan narsasini gapirib berdi, ammo menchi? Men nimaga erishdim? Umrim go’yo haqiqatsiz o’tdi, men esa umrimni haqiqat bilan o’tishini afzal ko’raman, lekin qanday erishaman u haqiqatga, qanday?”

Abdulloh bir pas jim turdida, nimadirni eslagandaka bo’ldi va shuni gapirishni boshladi. “Esingdami Abduhakim, Misrga ketishimdan oldin, senga bir-nechta kitoblar tashlab ketgan edim. Ketganimdan so’ng ularni o’qidingmi? Senga yoqganmidi?” Abduhakim esa nima deyishni bilmadi, sababi esa u o’sha kitobni esladi, ammo uni ochib ham qaramagan edi. Abduhakimning bunaqa o’zini tutishini payqagan Abdulloh esa jilmayib, tushunarli, deya qo’ydi. “Endi esa do’stim so’zlarimni qattiq olma yuragingga, garchi men hech qanaqa g’araz niyatsiz bularni so’zlamoqchiman. Umrim haqiqatsiz deyayapsan, ammo Alloh senga do’sting orqali bergan shu haqiqatlarga to’la qo’lyozmalarni tashlab ketganida ularni ochib ham qaramagansan. Chunki u kitoblardan bittasi Qur’onning o’zbekcha tarjimasi, bittasi esa Imom al-Buxoriy hadislari kitoblar edi. Senga haqiqatlardan eng a’lolari qoldirilgan edi. Biroq haqiqatni o’zingdan o’zing uzoqlashtirgansanku. Do’stlarim nimadirlarga erishdi, deb o’ylama. Inson Alloh unga nimani bergan bo’lsa, faqat shuni qo’lga kiritadi. Ularning shunchaki harakatlariga yarasha erishgani shu narsalar bo’ldi. Sen esa yana takroran aytaman, hech nimaga erishmagandirsan hozircha, ha hozircha. Sabab esa talpinish kerak, intilish kerak, shundagina Alloh tarafdan marhamatni sezasan, tushunyapsanmi do’stim.?” Abduhakim bir qancha daqiqa mashinani o’t oldirmasdan gaplarni o’yladi. Birozdan keyin mashinanini o’t oldirdi va do’stini uyiga jimlikda eltib qo’yib, uning so’zlari uchun rahmat aytdi.

Ertasi kuni Abduhakim o’sha do’sti bir paytlar qoldirib ketgan kitoblarni qidirishga tushib ketdi. Abduhakim o’sha kechasi o’zi tuzukroq ham uhlamagan edi. Chunki u kechasi bilan uyqu kelmagandan keyin oshxonaga chiqib choy ustida Abdulloh bilan bo’lgan suhbatni boshida aylantirayotgan edi. Kitoblarni topdi, yaxshiyamki bir oq matolarga o’ralib, teparoqda qo’yilgan ekan. Bugun dam olish kuni bo’lgani yaxshi bo’lgan edi. Kitoblarni qidirishdan oldin tahorat qilishga qaror qilganiga hursand bo’lgan Abduhakim kitoblar o’sha honadan chiqmasdan, ochib mutolaa qilishga qaror qildi. Qur’on kitobining tarjimasini ocharkan, kitobning ichidan uning ko’ziga qanaqadir nur urilgandaka bo’ldi. Go’yoki, nur taralar edi kitobdan.

Kun yakuniga ketib qolgan edi. Abduhakim honadan chiqdi va negadir har kungi yuzidagi qayg’uning o’rnini bir ajib nur egallagandaka edi. Eshikning qo’ng’irog’i chalindi. Borib ochib qarasa Abdulloh. Hayron qolgan Abduhakim ichkariga Abdullohni taklif qildi. Keyin esa Abdulloh kecha qattiq gapirib yuborgan bo’lsa, uzr so’rab kelganini aytdi. Abduhakim esa kulib hammasi yaxshiligini va aynan shu so’zlar unga kerakligini, va nihoyat kitoblarni ochib, ular bilan tanishganini aytdi. Abduhakim Abdullohni ichkariga choy ichishga, ovqatlanishga taklif qildi. Abdulloh ham bajonidil taklifni qabul qildi. Xontaxta atrofida ular o’tirishar ekan, Abduhakimning o’g’li keldi va dadasiga savol bermoqchi bo’ldi. Abduhakim mehmonga birinchi salom berish kerakligini aytib, keyin savolni aytishini so’radi. O’g’li esa, “dada jannatda inson butun umr qolsa, zerikib ketmaydimi?” Abduhakim o’g’li bu savolni qayerdan olganiga qiziqdi. Abdulloh esa beg’uborona savolga beg’uborcha kulib qo’ydi. Abduhakimning o’g’li esa, do’sti jannat haqida gapirib berganda, bu savol paydo bo’lganini aytdi. Abduhakim nima deb javob berishni o’ylab turganida, Abdulloh o’zi shu savolga javob berishga harakat qilsa bo’ladimi, deya ruxsat so’radi. Abduhakim esa do’stidan minnatdor bo’ldi, chunki uning bu narsaga javob berishga yetarli darajada bilimi yo’q edi va buni o’zi ham bilar edi.

“O’g’lim isming nima, meni ismim Abdulloh. Saidali, juda chiroyli ism ekan. Qara endi seni savolingga qaytamiz. Jannatda zerikish, degan narsa bo’lmaydi. Chunki jannatda ko’z ko’rib, quloq eshitmagan, aql tasavvur qila olmaydigan narsalar bo’ladi, bizga ma’lum bo’lgan ozgina ma’lumotlardan tashqari. Misol tariqasida qara, sen nimani yaxshi ko’rasan?” Saidali, “ko’chada do’stlarim bilan o’ynash va ular bilan suzishga borish”. Abdulloh, “endi qara, bu narsalardan sen qachondir zerikkanmisan?” Saidali “yo’q”. Abdulloh, “ko’rdingmi, o’zing yoqtirgan narsadan zerikmaysan, u yerda ham shunday bo’ladi Insha’Alloh. U yerda sen yoqtirgan narsalar bo’ladi va yaxshi inson bo’lsang, eng katta mukofot Allohning roziligi va chehrasini ko’rish nasib qiladi.” Saidali yosh bolalarcha qiziqish bilan, nimasi eng katta mukofot buni, deya so’radi. Abdulloh, “qara Saidali, sen dadangni va onangni yaxshi ko’rasan shunaqami, chunki ular ham seni yaxshi ko’radi, asosiysi sen ularga qarab zerikmaysan va ularning sen bilan o’tkazgan vaqti sen uchun hursandchilik payti hisoblanadi, jahllarini chiqarsang hafa bo’lishing mumkin, aqlli bola bo’lsang, sendan rozi bo’lishadi va yana sen ham hursand bo’lishing mumkin, shunaqami?” Saidali, “shunaqa”. Abdulloh, “endi esa bir o’ylab qara, olamlar Robbi, meni, seni, ota-onangni, hammani va hamma narsani yaratgan, bizga mehribonchilik qilgan Zot, Rahimdil, Marhamatli Alloh taoloni ham senga hursand bo’lib, senga vaqt ajratishi, sendan rozi bo’lishi, bu ajoyibmasmi. Yoki tasavvur qil, sen chanqaganingda yoki qorning ochligida qorningga siqquncha ichasan va yeysan, shunaqami? Endi Allohning husni shunaqa bir chiroyliki, shunaqa bir ajoyibki, shunaqa bir fayzliki, u payt sen go’yo qorningga qancha ovqat yesang ham to’ymaydigan qorning yoki qancha suv ichsang ham, go’yo chanqog’ing bosilmagan va yana va yana suv ichging kelgandaka bo’ladi. Chunki u ichayotgan suving yoki yeyotgan ovqating, qorningni to’ydiradigan emas, aksincha qorningni o’sha suv va ovqatga naqadar ehtiyoji borligini bildiradigan bir ajib narsa bo’lib xizmat qiladi go’yo. Balki hozir meni tushuntirganlarimni tushunmassan, balki men noto’g’ri misollar keltirgandirman, lekin ozgina vaqt bersang sen ham bu narsalarni tushunib yetasan Insha’Alloh.” Saidali, “yo’q, tushunganday bo’ldim, faqat boshqa savolim bor edi, yaxshi bo’lish uchun nima qilishim kerak?” Bu savolni eshitgan Abdulloh hursand bo’ldi, rostan ham ozgina bo’lsada tushuntira olganligidan.

Bu payt esa Abduhakim do’stining bu gaplarini eshitib, hayron qolayotgan edi. Do’stining donoligidan emas, aksincha 20 yillik umrini shu haqiqatlarni tushunmasdan o’tkazganiga va o’tkazib kelayotganiga edi. Abduhakim qilishim kerak bo’lgan ishlar ko’p ekan, deya Abdullohni tinglashda davom etardi. Shu payt Abdulloh soatga qaradi va shom payti bo’lib qolibdiku, dedi. “Yaxshi bo’lishning qoidalaridan biri, namozlarni vaqtida o’qishdir. Chunki bu intizomli qilib berilgan qilinishi kerak bo’lgan ishlarimizdandir, shunga kettikmi?”, dedi Abdulloh. Abduhakim va uning o’g’li Saidali birgalikda namoz tomon qadam tashlayotgan edilar. Abduhakim esa, yillar davomidagi haqiqatni topganidan ko’ngli to’lgan va hayot davomida bu haqiqatni boshqa bir parchalarini ham anglab yetishi kerakligini bilib, qanaqadir umidning nurini ko’rgandaka edi.

Bo’yinga osilgan marhamat yoki lan’at

Abduqahhor 12 yoshda edi. U aptekaga dori sotib olishga kirgan edi. Aptekachi unga dorilarni hisoblab berdi. Hisobni eshitgan bola qo’lidagi pulga qaradi va pulim yetmas ekan, deya chiqib ketmoqchi bo’lib endi orqasiga o’girilaman degandi. Orqadan bir ovoz kelib qoldi. Mana men to’lavoraman shu bola uchun, agar bolani o’zi rozi bo’lsa. Bola nima qilishni ham, nima deyishni ham bilmadi. Shunchaki minnatdorchilik bildirdi. Dorini oldi va uyiga qaytdi. U bunaqa vaziyatga hali tushmagan edi. Qanaqadir bu harakatda, ya’ni begonaning u uchun pul to’lashga yordam berib yuborganida qandaydir yaxshi narsani ko’rdi.

Abduqahhor uyiga yetib keldi va xursand tarzda dorini buvisiga berdi. Buvisi nevarasining dori olib kelganini ko’rib ko’zlari chaqnab ketdi. Chunki anchadan beri bu yoshi bir joyga borib qolgan ayolning oyog’i bezovta qilar edi. Pensiyasidan ishlatay desa, nevarasiga va ro’zg’orga ishlatishi kerak. Nevarasi esa o’sha buvisi unga cho’ntak pul qilib bergan pullarni yig’ib, dori sotib olishni niyat qilibdi. Buvisi taxminan hisoblab ko’rdi va savol berdi, shu yig’ilgan pullar doriga yetdimi, deya. Abduqahhor yetmaganini, unga bir noma’lum bir kishi o’shancha pul qo’shvordi, deb rostini aytib berdi. Yana bu hodisaga hayron qolganini, shunaqa begona odam boshqa tanimagan odamiga shundayligicha yordam berishini ko’rib taajjublanganini aytdi. Buvisi esa jilmayib, unda u kishining nomiga duo qilib qo’yish kerak, dedi. Nevarasi, hop, deya javob berdi. Buvisi keyin yana so’z ochdi.

— Sen musobaqada g’olib chiqqaning esingdami, adashmasam o’tgan oy bo’luvdi — buvisi gapirdi va nevarasi ha, deb javob berdi — O’sha on esingdami, shohsupada turganingda g’oliblik medalini bo’yningga osib qo’yishgandi — nevarasi ha, deb javob berdi — chunki sen g’olib bo’lgan eding va taqdirlanishing kerak edi. Bo’yningga esa medal osishlari shu g’olib bo’lganing va taqdirlanishingni ko’rsatadi. Bugun shu senga pul qo’shib turgan odamning ham, seni ham bo’yningga medal osib qo’yildi. Ha, balki so’rarsan, men ko’rmadimu bu medalni yoki qani o’sha medal, deb. Ammo u medal bu dunyoda ko’rinmaydi. Uni faqat oxiratda hisoblashadi. Kimda qancha medal yig’ilganini. Oxirat nimaligini tushuntirib bergan edim-ku esingdami? Esingda bo’lsa yaxshi, demak gaplarimni tushunasan. Asosiysi seni bo’yningga va u kishini bo’yniga, ishonamanki, marhamat, rahm-shafqat, savob medali osildi. Zinxor va zinxor lan’at, g’azab, gunoh medallarini osishga, ostirishga harakat qilma. Bu yomon medallardan saqlanish uchun senga imkon har doim berilgan. Xuddi musobaqada o’z ixlosli harakating bilan, tayyorlanganing bilan yutgandaka, bu yerda ham ixlosni, tayyorlanishni boshqa tarafga yo’naltir. Va undanam asosiysi shuki, bu qaysidir odam tarafdan emas, Alloh tomondan osilgan medaldir. Iloji boricha, shunaqa champion bola bo’lib yurishga harakat qil — deya buvisi shirin jilmayib, gapini tugatdi.

Bo’shliqsiz hayot

Maktab honalaridan birida dars bo’layotgan edi. Honada esa 4-sinf o’quvchilari o’tirgan edi. Ular o’qituvchining doskada narsalarni yozishini kutishayotgan edi. Birozdan so’ng o’qituvchi yozib tugatgan edi va o’quvchilar doskaga qarashdi. Doskada esa “bo’shliq yetaklaydi bo’shliq sari”, degan yozuv turardi. O’qitvuchi gapini boshladi.

— Aziz o’quvchilarim — deya quvnoqlik ovozi bilan o’qituvchi so’zini boshladi, bolalarga hursandchilik tarzida dars o’tishi boshlanib turardi — kecha sizlarning matematika bo’yicha uyga vazifa qilib berilgan misollaringgizni tekshirib bo’lib, biroz ilmiy-hujjatli film tomosha qildim. Kinoning ismi esimda yo’q, biroq kimga qiziq bo’lsa bilib berishga harakat qilaman. Xullas, u yerda inson onggida bo’shliq bo’lsa, yaxshi oqibatlarga olib kelmasligi haqida aytib o’tgan, ya’ni noto’g’ri yoki teskari ma’lumotmi va hokozolar. Qaranglar, buni tushuntirishdan oldin bir savolim bor — dedi va qo’liga bitta qog’oz oldi va bu to’la-to’kis qanaqa rangdaligini so’radi.

Hamma birdan, men birinchi javob beray, degan shoshilinchda oq, deya shoshib javob berishdi. O’qituvchi esa, yo’q bu qog’ozning qora ranggi ham bor, deya javob berdi. O’quvchilar esa e’tiroz eta uni hamma joyi oq, deb turib olishdi. O’qituvchi ham qora ranggi bor, deb bir ikki marta qaytardi. Oxiri o’qituvchi qo’lidagi qog’ozni o’girdi va o’quvchilarga qora tomonini ko’rsatdi va o’quvchilar jim bo’lib qolishdi. Shunda o’qituvchi yana gapirishni boshladi.

— Ko’ryapsizlarmi bo’shliq nimadan kelib chiqyabdi. Vaziyatni to’la-to’kisligicha ko’rmaganumizcha aniq javob bermaslik kerak. Men bilib turibman oldi oqligini va lekin yana qo’shimcha qilib ham aytib turibman, qorasi borligini. Sizlar esa vaziyatning bu tarafini ko’rishni hohlamayapsizlar va ko’rmayapsizlar. Xullas, kechagi hujjatli filmda ham hozirda ko’p odamlarda shu ma’lumot tarafdan, o’rganish tarafdan, izlanish tarafdan bo’shliq borligini aytib o’tishgan va bunaqa odamlarning foizi, bo’shliqi bo’lmagan odamlarning foizidan ancha yuqori ekan. Shunga darsdan oldin, shu foydali ma’lumotni sizlar bilan bahamlashib ketsam, balki foydasi tegib qolar, degan umidda kecha shu qog’ozlarni tayyorlab qo’ygan edim. Sizlarga yoqqan bo’lsa, biror bir narsa o’rgangan bo’lsanglar hursand bo’laman va bugungi dars mavzusini boshlaymiz — deya bu mavzuni yakunladi va darsni boshladi.

Bularni barchasini kuzatib, eshitib o’tirishgan Hasan va Husan doskadagi “bo’shliq yetaklaydi bo’shliq sari”, degan yozuvga qarab o’tirishardi. Keyin bir-biriga qarab qo’yishdi va jilmayishdi.

Hasan va Husan uyga kelishdi. Chopib borib bitta qog’ozni olishdi, uni oq va qora rangga bo’yashdi. Keyin uydagi hammada shunaqa tajriba o’tqizib ko’rishdi. Dadasi ham, oyisi ham, opasi ham, maktab o’quvchilari bilan birga nima deyishgan bo’lsa, bular ham shunaqa javob berishardi. Keyin esa ular o’zlarini aqlli ko’rsatgandaka, qog’ozni o’girib o’zlaridan yoshi kattalarni adashganini ko’rsatishardi. Bu tuyg’u ularga bir tarafdan hursandchilik hisini bersa, ikkinchi tarafdan esa butun suratni ko’rish naqadar muhimligini tushunib yetishardi.

Ular bobosini ham sinab ko’rishmoqchi bo’lishdi va shu maqsadda bobosining honasiga chiqishdi. Bobosi namozini tugatib, endi joynamozni yig’ishtirib turgan ekan. Bobosiga savolni berishdi va bobosi shoshib javob bermadi. U sekin donolardek jilmayib qo’ydi va qog’ozning orqasini ham ko’rsatishlarini so’radi. Albatta, bunday javob kutmagan Hasan va Husan dovdirab qolishdi va nima qilishni bilmay, qog’ozni o’girishdi. Bobosi oldi oq, orqasi qora ekan, deya javob berdi va nevaralariga qarab jilmayib turdi. Nevaralari bobosi bu usulni bilarmidi, deb savol berishgandi, bobosi bilmasligini aytdi. Qanday qilib buni bilgan bobosiga, egizaklar hayron tarzda qarab turishardi. Bobosi esa bir hikoyani aytib bermoqchi bo’libdi.

— Tag’in bilmadim kim haqida, ammo payg’ambarimiz Muhammad (s.a.v.) davrlaridan bo’lgan bir ulamo haqida edi bu voqea va quyidagicha bo’lgan ekan. Bir kun o’sha ulamo bir shahardan boshqa shaharga safar qilgan ekanlar. Safar ham ayni ro’za paytiga to’g’ri kelib qolibdi, mezbon shahar odamlari charchoq va qiynalish nimaligini bilmay ulamoni shunchalik hurmat qilganlaridan juda yaxshi kayfiyatda, quchoq ochib kutib olishga qaror qilishibdi va shahar tashqarisiga ham chiqib poylab turishgan ekan. Buni uzoqdan ko’rgan ulamo, tuyada o’tirgan joylaridan va qopdan bir parcha non olib, uni tishlab, yutib yuborganlar. Buni kuzatib turgan ko’pchilik odamlar, shunday odam ro’za tutmasdan, uyalmasdan non yeb kelishini qaranglar, deya orqasiga qaytib ketishgan ekan — bobosini shu gapini tugatmasdan darhol o’zlarini gapini gapirishdi.

— Rostan ham ro’zada nega ro’za tutmagan, bu farz ediku — dedi Hasan.

— Yaxshi ish qilmabdilar, ha farz — dedi Husan.

— Shoshmanglar, nega bunaqa shoshasizlar, axir sizlar o’zlaring odamlarni keng fikrlashga o’rgatmayapsizlarmi? — deya jilmayib, shirin gapirib qo’ydi bobosi — gap shundaki, yo’ldagi odamga, musofir bo’lgan odamga ro’za tutish farz emas, keyin qazosini qilsa ham bo’ladi, chunki islom dini, shariat bunga ruxsat bergan. Aslida keyin aniqlanishiga qaraganda, shariatning bu qoidasiga qaramay o’sha ulamo ham ro’za tutgan ekanlar, ammo kibrga, g’ururga, nafsga berilib ketmaslik, bu yomon narsalarni yonlariga yaqinlashtirmaslik uchun, deya shu ishni, ya’ni non yeyishni qilishga majbur bo’libdilar. Boshqa insonlar esa shariatda bunaqa narsalar borligini, kimdir shoshqaloqligidan, kimdir esa bilimida bo’shliqlik borligidan tez qaror qilishibdi. Endi sizlarga savol, bu hikoyadan nimani xulosa qildingiz bolalarim? — bobosi ularga qarab qolibdi, ular esa bu savol berilganiga qarab, kerak narsani tushunishmaganini aytishdi — bu juda go’zal voqea bolalarim. Bu yerda ham islom dinining naqadar adolatli, go’zal ekanini bilsa bo’ladi, chunki bir yomon narsaga yo’l qo’ymaslik uchun bandaga qaysidir qoidasini buzib turishi, shariatning o’zini doirasida qoidani o’zgartirish mumkinligi imkoni berilganligini xulosasi bor. Insonga shoshqaloq bo’lmaslik kerakligi xulosasi ham bor, shoshib qo’yib tez qaror chiqarishadi ba’zida. Va, bu shoshqaloqlik bilan bog’liq bo’lgan bo’shliq xulosasi ham bor. Ko’p hollarda insonlar bilimdan bo’shliq nuqtalari bo’lib, shoshib qaror chiqarishadi, xulosa qilishadi. Xuddi hozir, sizlar ham qilgandek. Shoshqaloqlik shaytondandir, shuni ham esda tutinglar — bobosini yoniga o’g’li, ya’ni Hasan va Husanni dadasi kelibdi va suhbatni bo’lib, bir nimalarni so’rabdi.

Ular esa shu joylaridan qo’zg’alib, honalariga borishibdi va bu hikoyani eshitib, nimalarni his qilganlarini, nima fikrlarni egalari bo’lishganini bir-birlariga bahamlashishibdi. Bu fikr va hislar esa, ikkalasi ham go’yo ichlarida juda ko’p savollarga javob bo’la oladigan, muhim bir kalitni topishganday bo’lishgan edi. Boshida o’qituvchi bu haqiqatning uchqunini ko’rsatganda ular bunga uncha e’tibor berishmagan edi, ammo hozir bu haqiqat uchquni ikkinchi marta ularga uchragandan keyin, bu uchqun olovga aylangan edi. Bo’shliqni tushunib yetishdanam avval, islom dini hayot tarzi ekanini, unda bunaqa go’zal narsalarga go’zal ko’rinishda ruxsat etilganini tushunib yetishibdi. Yana qaror ham qilishibdi, bilimni ko’paytirishga va iloji boricha o’zlarini bo’shliq to’la hayotda qoldirmaslikka. Buning uchun esa hayot tarzi qilib berilgan qoidalarni, ya’ni islom dinini tushunib olish kerakligi va ularni shunchaki yod olish emas, aksincha aslini anglab yetib, hayot davomiyligida qo’llash kerakligini tushunib yetishibdi.

Boshliqning buyrug’i

Munisa maktab darslik honasida o’tirgan edi. Uning dugonalaridan biri bo’lgan Nafosat keldi va nega tanaffusda boshqalarga qo’shilmayotganini so’ragan edi. Munisa qo’lidagi kitobni oldida old tomonini Nafosatga ko’rsatdi. Nafosat esa kitobning yozuviga e’tibor bermadi va kitobga nima aloqasi bor, deya savol berdi. Munisa keyin javob berdi, “Buvim kundalik hayotimni reja qilib tuzib berganlar, bu hafta shu kitobimni tugatishim kerak va buvimga uning mohiyatini tushuntirib berishim kerak”. Nafosat esa, ular atigi 12 yoshliklarini, hali kitob o’qishga imkon bo’lishini gapirgan edi, Munisa bugun sukunat bilan javob berib qo’yaqoldi. Nafosat ichidan o’ylar edi, hozir shu kitoblarni o’qib nima topadi? Hazina yashiringanmi shu kitoblarda? Nega yoshi kattalar kitob o’qishni ta’kidlashadi?

Munisa maktabdan qaytayotgan edi. Nafosat ham shu yo’ldan qaytayotgan edi, chunki Munisa va Nafosat bir-biriga qo’shni mahallada turishardi. Nafosat Munisaning oldiga yugurib bordi va nimaga shuncha kitobga berilayotganini sababini so’radi. Shu yo’sinda, bu savol negadir uni tinch qo’ymayotganini aytdi. Munisa esa kulib, buvisi reja qilib berganini aytdi. Bunga esa Nafosat javoban, to’g’riligini aytdi, ammo Munisaning o’zi ham bunga qarshimasligini, yuz ifodalari bu buyruqni, bu rejani qabul qilganini aytib turganini aytdi. Munisa buni ham tasdiqladi va bosh silkidi. Keyin qarasa Nafosatning sport oyoq kiyimini ipi yechilib ketibdi. Munisa unga hech nima demasdan, o’zi yerga egildi va ipni bog’lashga tushib ketdi. Nafosat, “hozir oldingga yugurib kelganimda yechilib ketgan bo’lsa kerak, menga aytsang bo’lardiku, o’zim bog’lab olardim”, deb qo’ydi. Munisa esa, “hammamiz muslimamiz va opa-singilmiz, bir-birimizga yordam bersak biror joyimiz kamayib qolmaydi, buvim shunaqa deydilar”, dedi. Nafosat bu gapni eshitdiyu, go’yo unga bu gapni yoshi katta bir odam so’zlagandaka bo’lib qoldi. U bunga nima, deb javob qaytarishni ham bilmadi, shunchaki rahmat, deb qo’ydi.

Ertasi kuni yana maktab va oshxonada ovqatlanib o’tiribdi. Oshxonada 4—5 ta qiz bo’lib Munisa va Nafosat o’tirishibdi. Suhbat davomida hamma hohlagancha gapirayotgan edi, Nafosat qaysidir bolaning bir yomon ishini yomonlab aytib berishni boshladi. Munisa amin qildi va to’yganini aytib, qizlarga rahmat va uzr, deb turib ketdi. Nafosat bunga hayron qoldi. Biroz o’tgandan so’ng, Munisa Nafosatni holi joyga chaqirdi va haligi odatini boshqa qaytarmaslikni so’radi, bu so’rashi esa Nafosatni o’ylab aytayotganini bildirdi, qolganlarni oldida aytmaslik uchun, o’zini chaqirib yakka ahvolda aytishni qaror qilganini ham aytdi. Nafosat esa, hop tushundim, demasdan, nega unaqa qilishim kerak, deya so’radi. Munisa esa, “shunchaki bu Allohning qoidalariga, buyruqlariga yarashmaydi”, dedi. Nafosat tushunmaganini ochiq oydin bildirib, savolli tarzda qaradi va so’radi, bularning hozirga nima aloqasi borligini. Munisa esa bunga javoban, bir kun tushunib yetarsan, dedi va hayrlashib ketdi.

Oradan yillar o’tdi va maktab bitiruv kuni.

Munisa va Nafosat ham katta qiz bo’lib qolishgan, ikkalasi ham ancha yetilgan. Nafosat oldingiga qaraganda ancha oq va qorani tushunib yetadigan bo’lgan edi. Nafosat Munisaning oldiga keldi va bir necha yillar oldin, unga gapirgan gapini hali ham tushunmaganini, lekin Munisa bir kun tushunib yetarsan, deb aytganini aytdi. Munisa hayron qolib, qaysi gap ekanini so’radi. Nafosat esa, “shunchaki bu Allohning qoidalariga, buyruqlariga yarashmaydi”, degan so’zlarni qaytardi. Munisa biroz o’ylanib turdida, buni qachon aytganini so’radi. Shunda Nafosat bo’lgan voqeani aytib berdi va Munisa o’zi hohlar-hohlamas jilmayib yubordi va o’sha kundan keyin yana kelsa bo’lardi-ku, deb izoh berib qo’ydi. Nafosat esa, bu savol judayam uni qiynamaganini, shunga vaqti kelsa balki o’zi tushunib qolar, deb o’ylaganini gapirdi. Shunda Munisa tushuntirishga kirishdi, “qara Nafosat, biz hozir mana maktabni ham bitiryapmiz, sodda qilib tushuntirishga harakat qilaman. Vaziyatga qara, biz maktab o’quvchilarimiz, bizning o’qituvchimiz bor, u qanaqa darsni bersa, shu darsni o’rganamiz, tavsiya qilmaganini esa umuman e’tiborga olmaymiz. Aytilgan dars va uyga vazifadan baho olamiz, aytilmaganidan esa baho olmaymiz. Bajarilgan vazifalardan esa bajarish sifatiga qarab baho olamiz. Kimdir uyga vazifani 2 lik qilib bajaradi va 2 baho oladi, kimdir 3 lik baho va kimdir esa 4 lik baho oladi va hokozo. Ammo eng yaxshi tartibda qilingani 5 oladi. Demak shundan kelib chiqadiki, o’qituvchining aytgan buyruqlarini bajarish kerak, farqi yo’q bu buyruqni men yetkazamanmi yoki boshqa, hammasini bajarish kerak va nuqta, shundagina biz yaxshi baho olamiz va keying darajaga o’tamiz, aks holda yomon baho olib, keyingi darajaga o’tmaymiz”. Nafosat tushungandaka bo’lgan edi, biroq yuz ifodasida ikkilanish soyasi bordek ko’rindi. Shunda Munisa misolni boshqa tarafdan ko’rsatdi. “Agar adashmasam bir-ikki kun oldin, dadangni bizneslari, ishlab chiqaradigan korxonalari bor, deb aytgan eding, shunaqami? Shunaqa bo’lsa unda qara, ularning qo’lida 50 ta odam ishlasa, shulardan dadang korxona direktori, 50 ta odamlarning boshlig’i, agar dadang qaysidir ishchisiga bu ishni qil desa, o’sha ishchi qiladi, chunki dadang boshliq va oylik beradi. Agar dadang yana o’ng qo’l hisoblangan ishchisi orqali biror buyruq bersalar ham, o’sha ishchilar qiladi, chunki bu buyruq seni dadangdan, ya’ni boshliqdan kelyapdi. Bu degani esa, boshliq bor degani, garchi uni o’zi ko’rinmasa ham, degani. Bu degani uning buyruqlarini bajarish kerak, degani, endi tushundingmi shuni?”. Nafosat ha, deb javob berdi. Munisa esa yana jilmayib va hazillashib va nihoyat ana endi katta qizga mag’zini ham tushuntirsam bo’ladi, deb qo’ydi, Nafosat esa go’yo hafa bo’lgandaka bore, deb qo’ydi. Munisa, “Allohning qoidalari bor, bu qoidalar esa bajarish kerak bo’lgan buyruqlar hisoblanadi, o’shandagi birovning aybini ochmaslikmi, g’iybatini qilmaslikmi, namoz o’qishlikmi, hamma-hammasi bizning bajarishimiz kerak bo’lgan buyruq hisoblanadi, shunda ishlab turgan korxonamiz boshlig’i ham bizdan a’lo bajarilgan vazifa uchun hursand bo’lgandaka va o’qituvchimiz a’lo bajarilgan uyga vazifa uchun a’lo baho qo’ygandaka, Alloh ham bizdan hursand bo’ladi va a’lo baho beradi va bu keyingi darajaga o’tishga imkon bo’ladi”. Munisa gapini tugatgandan so’ng, Nafosat biroz o’ylanib qoldi va Munisa ketishi kerakligini aytganida o’ziga keldi va u ham hazil qilib qo’ydi, “Munisa sen katta aqlli qiz ekansan, demak vaqti bo’lib qolibdi, nimani deysanmi, mening katta va aqlli akamga turmushga chiqishga”, degan edi, endi bu safar Munisa uyalib, bore, deb ketib qoldi.

Nafosat uyiga bordi va dars qiladigan stolida o’tirib, o’ylashga tushib ketdi. Boya maktab bitiruvida hazil-huzul qilgan bo’lsa ham, hozir jiddiy tarzda o’ylab o’tirardi. O’zini Munisadan ancha pog’ona pasda ko’rardi. O’ziga-o’zi savol berardi, nahot shuncha yillar shunaqa haqiqatni bilmaganman, bilmaganim mayli, lekin nega bilishga qiziqmaganman, deya yana savol berardi. Shuning uchunam o’zini ancha pog’ona pasda ko’rardi. O’rnidan turdi, kitobni olmoqchi edi, lekin honasida kitob yo’q edi. Qo’liga telefonni oldi va internetdan elektron kitobni yuklab oldi. Old tomonida, “Namoz o’qish shartlari” deb yozilgan edi. Kitobni birinchi betini ochgan edi, ichidan go’yo pog’onada bitta tepaga ko’tarilgandaka va tepaga harakat qilayotgandaka tuyg’u paydo bo’ldi. Ko’zda intilish, qalbda olov bilan kitobni o’qiy boshladi.

Chegara

Hammasi bir kun ichida bo’ladi.

Ertalab soat 10:00 lar edi chamasi. Jamshid quyoshdan panaga tezroq o’tishni o’ylab kassa tomon yurayotgan edi. Soyaga yaqinlashishi bilan kassani ham ko’rdi va nihoyat binoni aylanib maqsadiga yetishganini bildi. Kassaning oldiga bordi va kassada o’tirgan ayoldan yigirma beshinchi sanada bo’ladigan muz ustidagi balet shousi bor ekanmi, shunga chipta bormidi, deya so’radi. Kassadagi ayol beparvolik bilan, joylar ko’pligini, qaysi joydan kerakligini so’radi. Yigit qo’liga telefonni oldi va uchta joyni ko’rsata boshladi. Kassadagi ayol yana beparvolik bilan, har bitta chiptaning narxi bir milliom so’m ekanini aytdi. Jamshid cho’ntagidan pulni chiqarib berdi va kassadagi ayolga berdi, u esa o’z navbatida pulni hisoblab, to’g’riligini aytdi va chiptalarni Jamshidga berdi. Nechchilarga kelish ikir-chikirini so’ragandan keyin Jamshid ketdi va katta yo’lga chiqib taksi mashinasini to’xtatdi.

Bir necha daqiqadan keyin bitta mashina to’xtadi va salom-alik qilinib, narxi kelishilgandan keyin Jamshid mashinaga o’tirdi va mashina yurishga tushib ketdi. Haydovchi ozgina soqolini o’stirgan, o’zini qo’lga olgan, bir jiddiyroq yigit edi.

— Aka, tasavvur qila olasmi, shu uchtagina chipta 3 000 000 so’m turadi. Boshlig’im shu uchtagina biletga shu pulni ketkazdi. Kimdirning bir oyligi hisoblanadiya — Jamshid gap boshladi.

— Nimani chiptasi ekan o’zi? — haydovchi.

— Muz ustidagi balet, shu boshliq ishxonadagilar bilan baletning ishqibozi ekan — Jamshid. Haydovchi birdan o’zgardi.

— Aka, uzur, shu chetda qoldirib ketsam bo’ladimi? Pul kerakmas, rozi bo’laman.

— Nimaga? Tinchlikmi?

— Ochig’i bu narsani orasida vositachi bo’lib qolgim yo’q — dadil gapirdi haydovchi.

— Nimani?

— Shu muzli baletni — haydovchi. Jamshid birdan tushunib yetdi.

— Aa, tushundim, bo’ldi. Mendan nechi pul bo’ladi?

— Yo’q, roziman aka.

— Yo’q, siz ayting, baribir qanchadir bo’lsa ham masofa bosildi.

— Rostan roziman aka.

— Mayli, rozi bo’ling unda, rahmat va uzur, sizni ham ovora qilib qo’ydim — Jamshid sal hijolat bo’lib gapirdi.

— Hammasi joyida aka.

— Hop, mayli.

Jamshid boshqa taksi to’xtatishdan oldin, buni bir qancha muddat o’yladi. Qanaqa ishonch, taqvo bo’ldiki bu, hatto shunaqa narsada ham sababchi bo’lishdan saqlandi. Qaysidir tarafdan Jamshid bu taqvoga havasi kelayotgan edi. U taksi to’xtatdi va ishxonasiga yetib bordi va chiptani boshlig’iga topshirdi. Ishxonadagi hamkasbiga bo’lgan voqeani aytib berdi.

— Xullas, shunaqa gaplar bo’ldi, bilmas ekanman men ham bunaqa nozik narsalarda chegarani — Jamshid.

— Seni bu yerda aybing bor, deb o’ylamayman. Sen shunchaki bir vositachi bo’lgansan, o’zingni hohishing bilan bormading-ku — hamkasbi.

Bu gap uni yana chuqur o’ylashga majbur qildi. Ha, u shunchaki bir vositachi bo’lgandi. Aynan shu vositachilik qilgani uni endi qiynayotgan edi. Axir boshqa odam ham bilib turib, darxol vositchalik qilishdan voz kechdiku. Mayli bilmagan ekan, mayli ishini oxiriga yetkazib qo’yishi kerak bo’lgan ekan, biroq buyog’igachi, buyog’iga tanlovi nima bo’lar ekan? U shu fikrlar bilan ovora bo’lib qoldi.

Jamshid o’sha kunning o’zida tushlikdan keyin to’rtta bo’lib o’tirishgandi. Bu to’rtta odamdan bittasi Jamshid, Jamshiddan to’rt yoshga katta bo’lgan Asqar ismli boshqa bir hamkasbi, Jamshiddan bir kichkina hamkasbi va islom dinini qabul qilmagan, chet ellik odam. Gap qanaqadir mahsulot haqida ketayotgan edi.

— Shu mahsulotni qabul qilishlari juda qiyin bo’ldi — Jamshid.

— Qabul qilishadi, azgina sabr qilish kerak — chet ellik.

— Ha, ozmi-ko’pmi shunaqa ushlanishlar bo’lib turadi, hali o’rganib ketasan — yigitning hamkasbi, boshqa yoshi katta yigit.

To’rtinchi odam jim o’tirgan edi. Suhbat tugaganidan so’ng, chet ellik telefoniga chalg’idi va internetda nimadirlarni ko’rishga kirishib ketdi. Jamshid, Asqar va to’rtinchi hamkasbi boshqa nimadirlarni suhbatlasha boshlashdi. Chet ellik biroz soniyadan keyin internetda “Allohu Akbar”ni odamlar hazilomus “allo akubar” deb qo’yishganini ko’rganini aytib o’zi ham qaytarishga tushib ketdi.

— Janob, unaqa demang — deb Asqar birdan jiddiy tusga kirib to’xtatdi. Ammo chet ellik hazil, deya tushunib bir necha marta takrorladi. Asqar esa jiddiy gapirayotganini bildirdi.

— Nega? — deb so’radi chet ellik, vaziyatni chigallashganini, noto’g’ri narsa gapirganini bilib va hech nimani tushunmagandaka, ozgina tentaklikni niqob qilib oldi.

Бесплатный фрагмент закончился.

Купите книгу, чтобы продолжить чтение.